So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  4 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

“Barselona” – PSJ o'yini haqida saytimiz vakillarining fikrlari qanday? Yangiliklar

“Barselona” – PSJ o'yini haqida saytimiz vakillarining fikrlari qanday?

Uzoq kutilgan Evropa CHempionlar ligasi 1/8 finali uchrashuvlari bugundan start oladi.

16 fevraldan 17 fevralga o'tar kechasi bo'lib o'tishi reja qilingan ikki uchrashuv ham qiziqarli kechishi aniq. Muxlislarda nisbatan ko'proq taassurot qoldiradigani esa, shubhasiz “Barselona” – PSJ jamoalari o'rtasidagi o'yindir. Saytimiz xodimlari mazkur uchrashuvdan avval o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Saytimiz bosh muharriri Narzulla Saydullaev:

Bu o'yinda mezbon "Barselona"ning imkoniyati ko'proq deb o'ylayman. Sababi Pochettino PSJga yaqinda keldi va natijalar u qadar yaxshi emas. Bundan tashqari Neymar va Di Mariyada jarohat bor. "Barselona"da ham natijalar ajoyib emas, lekin mezbon faktori tufayli bugungi o'yinda Kuman jamoasining kichik hisobdagi g'alabasini taxmin qilaman - 2:1. Parijda esa mutlaqo boshqacha o'yin ko'rishimiz aniq.

Olamsport.com saytining sodiq xodimlaridan biri Aziz To'xtamurodov:

Uzoq muddatli tanaffusdan so'ng nihoyat Evrokuboklar qaytmoqda. Ushbu ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuvdan hujumkor o'yin kutmoqdaman. Gollarga boy uchrashuv bo'lsa kerak. "Barselona" bugungi o'yinda to'plar nisbatini yaxshilab olmasa, javob o'yinida qiynalishi aniq. Taxminim: "Barselona" 3:1 hisobida g'alaba qozonadi.

AGMK jamoasi matbuot kotibi SHahboz Beg'amov:

Ikkala jamoa ham o'z darajasidan past saviyaga tushgan. Kutilgan o'yin va natijalar yo'qligi ham bunga isbot. Favoritni ajratib ko'rsatish imkonsiz. Teng kurashlarga boy va qiziqarli o'yin bo'lishiga ishonch bor. Ishtiyoq kimda ko'proq bo'lsa o'sha jamoa yutadi.

Saytimizning Qo'qondagi muxbiri Farhodjon Uzoqov:

Mavsum boshidagi ketma-ket ochko yo'qotishlardan keyin “Barselona” xozir ancha o'ziga kelib oldi. Ispaniya kubogida “Sevilya”ga yutqazganini hisobga olmasak chempionatda faqat g'alaba qozonayapti. Kuman ham o'z intervyusida PSJ bilan shunday muvaffaqiyatli paytda o'ynashimiz judayam yaxshi bo'ldi deb aytdi. PSJ etakchilari Neymar va Di Mariyalarni jarohati borligi ham “Barselona”ga katta ustunlik beradi. Meni taxminim “Barselona” g'alaba qozonsa kerak, lekin chorak finalga kim chiqishi baribir javob o'yinida hal bo'ladi.

Istedodli jurnalist SHerzod Nurmatov:

Ushbu o'yinda "Barselona"ni favorit deb hisoblayman. Kataloniyaliklar ayniqsa, oxirgi o'yinlarda chiroyli o'yin namoyish qilishyapti. PSJ chempionatda ijobiy natijalarni qo'lga kiritayotgan bo'lsa-da, jiddiy yo'qotishlarga ega va bu CHempionlar Ligasida yaqqol sezilib qolishi mumkin. Tahminiy hisob: 2-1.

Yosh fotograf Jahongir Fayzullaev:

Bugungi o'yinda parijliklar safida Neymar va Di Mariyalar ishtirok etmasligini hisobga olsak "Barselona" jamoasi bir bosh ustun. Ushbu o'yin afisha etibori bilan anchagina qiziqarli, lekin PSJning etakchilari yo'qligi o'yin suratini tushirib yubordi. Menimcha, bu o'yinda Messi o'zini ko'rsatsa kerak. G'alabaga bo'lgan intilish ko'proq bo'ladi kataloniyaliklarda. Yaxshi o'yin bo'ladi, "Barselona"dan g'alaba kutib qolaman.

Tanqidiy chiqishlari bilan ko'pchilikka tanish Fahriddin Ro'ziev:

Ayni paytda optimal tarkiblar yig'ilsa, parijliklar g'alabasini taxmin qilgan bo'lardim. Ammo yana Neymar safda bo'lmaydi. Jamoalar o'rtasidagi o'zaro statistika Barsaning ustunligini ko'rsatmoqda. Menimcha, bu gal ham Messi va uning safdoshlari g'alaba qozonsa kerak. Gollarga boy o'yin kutmayapman. Katalonlar 1 ta gol farqi bilan ustun kelsa ajab emas.

Kameradan “qo'rqib qolgan” Abdulaziz Iskandarov:

O'yin haqida biror narsa deyish qiyin. CHunki, bu jamoalarning ECHLdagi oxirgi to'qnashuvi, kataloniyaliklarning super kambeki yodimdan chiqmagan. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Taxmin hisob 3-2 Kuman shogirdlari g'alaba qozonsa kerak yoki 2-2 durang bo'ladi.

Qadrli futbol ixlosmandlari, sizning ushbu o'yinga fikringiz qanday?


Saytimiz grafik dizayneri Jasur Aslanov: Siqilmanglar, "Barsa" baribir g'alaba qozonadi.



Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика