So’nggi yangiliklar

12:15Тьерри Анри, Маскерано, Кападзе... Олимпия ўйинларида ишлайдиган мураббийлар  0 11:54Расман: "Навбаҳор" Асадбек Собиржонов билан шартномани бекор қилди  3 11:27"Барселона"да мавсум бошланмай туриб иккинчи йўқотиш  3 10:56«Бухоро» Тожикистонда йиғин ўтказмоқда. Йиғинда «Андижон» ва «Локомотив» футболчилари ҳам бор  5 10:31Неймар 9 ойлик танаффусдан сўнг «Ал Ҳилол» машғулотларига қайтди  5 10:05«Пахтакор» яна бир маҳоратли ҳужумчи билан шартнома тузди  15 09:53“Машъал” тўрт нафар футболчи билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  3 09:39Истеъфога чиққан Саутгейт кетиш олдидан нималар деди?  6 09:15«Қўқон-1912» жамоаси ёзги трансфер ойнасида легионер футболчи билан шартнома тузди  6 08:48Аргентина терма жамоаси футболчилари узоқ муддатга футболдан четлатилишлари мумкин  50 08:26«Андижон» ёзги йиғиннинг илк назорат учрашувида йирик ғалабани қўлга киритди. Таркибда қандай ўзгаришлар бор?  4 08:00УEФА матбуот хизмати Евро-2024 рамзий терма жамоани эълон қилди  19 07:36Расман: «Рома» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  2 00:55Роналду, Мбаппе ва Гризманн Евро-2024 омадсиз рамзий жамоасидан ўрин олди  8 00:38Мората "Атлетико" билан хайрлашди. Ҳужумчи "Милан"га ўтади  1

CHempionlar ligasi. Mbappe "Barselona"ni "Kamp Nou"da xo'rlab tashladi Yangiliklar

CHempionlar ligasi. Mbappe "Barselona"ni "Kamp Nou"da xo'rlab tashladi

ECHLning 1/8 finalidan o'rin olgan "Barselona" - PSJ uchrashuvi yakuniga etdi.

Barcelona

Lionel Messi - 27'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

17/02/2021, 00:00

4
:
1
Tugadi

Paris Saint-Germain

Kylian Mbappe - 32', Kylian Mbappe - 65', Moise Kean - 70', Kylian Mbappe - 85'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
27'  Lionel Messi
71'  Sergino Dest (Oscar Mingueza)
78'  Pedri (Trincao)
79'  Gerard Pique (Ricard Puig)
79'  Sergio Busquets (Miralem Pjanic)
85'  Antoine Griezmann (Martin Braithwaite)
20'  Idrissa Gana Gueye
32'  Kylian Mbappe
32'  Marco Verratti
46'  Idrissa Gana Gueye (Ander Herrera)
65'  Kylian Mbappe
70'  Moise Kean
70'  Leandro Paredes
73'  Marco Verratti (Julian Draxler)
85'  Moise Kean (Danilo Pereira)
85'  Kylian Mbappe
85'  Julian Draxler
89'  Alessandro Florenzi (Thilo Kehrer)


"Barselona" – PSJ 1:4

"Kamp Nou"

Gollar: 1:0 – 27, penalti Messi, 1:1 – 32 Mbappe, 1:2 – 65 Mbappe, 1:3 – 70 Kin, 1:4 – 85 Mbappe.

Barselona – ter Stegen, Dest (Mingesa, 71), Langle, Alba, Pike (Puch, 78), Buskets (Pyanich, 78), de Yong, Pedri (Trinkau, 78), Dembele, Messi, Grizmann (Breytueyt, 85).

PSJ – Navas, Kurzava, Kimpembe, Florenci (Kerer, 89), Markinos, Verratti (Draksler, 73), Paredes, Guye (Errera, 46), Ikardi, Kin (Danilu Pereyra, 85), Mbappe.

Ogohlantirish: Guye (20).


90+1. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

85. MBAPPEDAN XET-TRIK! PSJning tezkor qarshi hujumi Kilian Mbappening chiroyli zarbasi va goli bilan yakun topdi. 1:4!

82. Grizmann Navasning uzatmasini to'sdi va kutilmaganda gol urib qo'yishi mumkin edi, ammo Keylorning baxtiga to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

72. Pike PSJ jarima maydonchasida yotibdi, o'yin to'xtatildi va VAR vaziyatni ko'rib chiqdi.  Videohakamlar Jerarga nisbatan hech qanday fol bo'lmadi deb topishdi. Bahs davom etadi.

70. GOOOL! PSJ uchinchi golni urdi! Standartdan uzatilgan to'pni Moyze Kin boshi bilan darvozaga yo'lladi va o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

68. Mbappe yana Destni osonlik bilan aldab, darvozaga zarba berdi, bu safar Ter SHtegen ishonchli o'ynadi va to'pni qaytardi.

65. GOOOL! YANA MBAPPE! Florenci jamoadoshining uzatmasiga etib bordi va to'pni markazga yukladi, Pike to'pni qaytarishga urindi, ammo qaytgan to'p Kilianga tushib qoldi va forvard hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi.

59. ZARBA... Messining zarbasidan so'ng to'p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi.

58. Jarima maydonchasi chizig'i oldida Kimpembu Messiga nisbatan qo'pol o'ynadi va uning yuziga urib yubordi. To'p oldida yana o'sha Messi, ammo bu safar zarba amalga oshiriladi.

52. Maydondagi futbolchilar ter to'kib mehnat qilishmoqda, ammo Xabib Nurmagomedov maza qilib futbol yulduzlari bilan suratga tushmoqda.

50. PSJning ajoyib hujumi o'ta xavfli zarba bilan yakun topdi. Ter SHtegen jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

47. Mbappe jarima maydonchasi tashqarisidan "Barselona" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, zarba noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim o'zgarish bilan boshlandi. Geye o'rniga Ander Errera maydonga tushdi.

TANAFFUS

45. IKARDIII! Mauro burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga burdi, ammo to'p to'rga tashqi tomondan tegdi.

37. GRIZZI! Messi boshlab bergan qarshi hujum Grizmanning zarbasi bilan yakun topdi, ammo to'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

35. KURZAVAAAAA! Ter SHtegen chap qanot himoyachisining o'ta xavfli zarbasini qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.

32. GOOOL! MBAPPE! Uzatmalar ketma-ketligidan so'ng to'p jarima maydonchasidagi Kilianga tushdi va forvard Pikeni bir harakatda aldab, Ter SHtegen darvozasini ishg'ol qildi. 1:1

29. Kutilmaganda PSJ himoyachisi to'pni yo'qotib qo'ydi va Messi tezda uni egallab, Dembelega pas berdi, Usmonning zarbasi kuchliroq bo'lganida hisob o'zgargan bo'lardi, ammo Navas sekin kelgan to'pni osonlik bilan egallab oldi.

27. GOOOL! Messi penalti duelida Navasni mag'lub etdi va hisobni ochdi!

26. PENALTI! DE YONG YIQITILDI! Vaziyatni VAR ko'rib chiqadi. VAR penaltini tasdiqladi!

24. Dest burchak bayroqchasi oldida Mbappeni yiqitdi va hakam xushtagini chaldi. Biroq hujum muvaffaqiyatsiz yaun topdi.

21. Messi zarba emas, uzatma amalga oshirdi, ammo PSJ himoyachilari xavfni o'z darvozalaridan uzoqlashtirishdi.

20. Sariq kartochka. Geye o'z jarima maydonchasi oldida qoida buzdi. To'p oldida Messi.

19. IKARDIII! Mauro Mbappening ajoyib pasidan so'ng darvozabon bilan birga-bir qoldi, biroq uning kuchsiz va noaniq zarbasi tufayli imkoniyat yo'qqa chiqdi.

17. Kurzava qanotda De Yongga nisbatan qo'pol o'ynadi. Bor Kuypers futbolchini og'zaki ogohlantirdi va keyingini folni kartochka bilan jazolashini malum qildi.

14. Grizmann Pedrining ajoyib uzamtasini qabul qildi va zarba berishga taraddud ko'rdi, ammo burchak o'tkir bo'lgani tufayli posbon to'pni egallab oldi.

13. CHempionlar ligasi pley-off uchrashuvlarida aynan shunday to'plardan foydalanishadi.

10. UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ayni damda ushbu bahsni "Kamp Nou" stadionidan tomosha qilmoqda. To'g'ri, hozircha stadionga muxlislar kiritilmayapti, ammo Xabib maxsus mehmon sifatida o'yinga taklif qilingan.

6. Dembele o'ng qanotdan markazroqqa o'tdi va zarba berdi, ammo to'p himoyachilarga tegib qaytdi.

4. Guyening uzoq masofadan bergan zarbasi darvoza oldidan o'tib ketdi.

1. Uchrashuv boshlandi. Bahsning dastlabki daqiqasida Mbappe Ter SHtegen bilan birga-bir chiqishi mumkin edi, ammo posbon joyida turmadi va raqib uchun tashlangan to'pga hammadan oldin etib kelib, hujumni bartaraf etdi.

Barselona Ispaniya – PSJ Franciya

"Kamp Nou"

Barselona – ter Stegen, Dest, Langle, Alba, Pike, Buskets, de Yong, Pedri, Dembele, Messi, Grizmann.

PSJ – Navas, Kurzava, Kimpembe, Florenci, Markinos, Verratti, Paredes, Guye, Ikardi, Kin, Mbappe.

Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика