"Barselona" prezidentligiga nomzod: "Bizda murabbiy bo'lmaganida, Kloppni taklif qilishni xohlagandim"
19 dek 2020 18:47
Yangiliklar


"Barselona" prezidentligiga nomzod: "Bizda murabbiy bo'lmaganida, Kloppni taklif qilishni xohlagandim"
"Barselona" prezidentligiga nomzod Xordi Farre o'tgan yozda "Liverpul" ustozi Yurgen Kloppni "ko'k-anorranglilar"ga o'tishga ko'ndirishga harakat qilgani haqida gapirdi.
"Kloppni "Barselona"ga taklif qilish haqiqatmi? Albatta. Men "Barsa"da murabbiy bo'lmaganda, uni taklif qilishni xohlagandim.
Biz uning atrofidagi insonlar bilan gaplashdik. Ammo, hozir bizning murabbiyimiz - Ronald Kuman", - deydi Farre.
"Barselona" ayni damda Ispaniya chempionatida 5-o'rinda bormoqda. Kataloniyaliklar hisobida 12 turdan so'ng 20 ochko bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar