"Barselona" prezidenti Grizmann haqida: "Hech qanaka muzokaralar yo'q"
17 iyu 2019 17:55
Yangiliklar
"Barselona" prezidenti Grizmann haqida: "Hech qanaka muzokaralar yo'q"
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu klub "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanning transferi borasida ishlayotgani to'g'risidagi xabarlarni rad etdi.
"Har doim aytganimizdek, biz u bilan aloqaga chiqqanimiz yo'q. Hech qanaka muzokaralar yo'q. Yaqinlashayotgan kunlarda va haftalarda transfer bozorida bo'layotgan voqealarni kuzatamiz", - deydi Bartomeu.
Grizmann yakunlangan mavsum klub safida 48ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 21ta gol va 10ta assist bor. Forvardning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan. 1 iyuldan esa uning tovon puli 200 milliondan 120 million evroga tushadi. Franciyalik futbolchi "Atletiko"dan oldin "Real Sosedad" tarkibida harakat qilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar