"Barselona" prezidenti: "Gavi va Arauxo bilan muzokaralar yaxshi ketmoqda"
26 mar 2022 15:04
Yangiliklar
"Barselona" prezidenti: "Gavi va Arauxo bilan muzokaralar yaxshi ketmoqda"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Gavi va Ronald Arauxo bilan shartnomani uzaytirish borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Maoshlar borasida muzokaralar o'tkazishimiz uchun biz qolishimiz kerak bo'lgan chegara mavjud. Muzokaralar yaxshi ketmoqda. Biz ularning qolishini xohlaymiz va ular ham buni xohlashmoqda", - deydi Laporta.
Oldinroq xabar berilishicha, 17 yoshli ispan va 23 yoshli urugvaylik Kataloniya klubining yangi kelishuv borasida takliflarini rad etgan.
Umumiy hisobda klubda ikki o'yinchi uchun uchun uchinchi berilgan shartnoma edi. Ammo, hali ularni taklif qilinayotgan shartlar qoniqtirmayapti.
Fikrlar