"Barselona" Pogba uchun juda katta mablag' taklif qilmoqchi emas
18 iyu 2015 20:50
Yangiliklar


"Barselona" Pogba uchun juda katta mablag' taklif qilmoqchi emas
"Barselona" murabbiylar shtabi "Yuventus"dan Pol Pogbani xarid qilishga umid qilyapti.
Malumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi transfer qo'mitasi vakili Ariedo Brayda shu kunlarda "keksa sinora" bosh direktori Juzeppe Marotta bilan uchrashdi. Turinliklar vakilining so'zlariga ko'ra, "Yuventus" Pogba borasida faqat "Barselona" va "Manchester Siti"dan taklif olgan. Ingliz klubi futbolchi uchun katta mablag' taklif qilyapti, ispan grandi esa bunday katta pul sarflamoqchi emas. Pogbaning o'zi kelasi mavsumni "Yuventus"da o'tkazmoqchi.

Fikrlar