"Barselona" Pogba uchun "Yuventus"ga 70 mln. evro taklif qildi
04 apr 2015 13:15
Yangiliklar


"Barselona" Pogba uchun "Yuventus"ga 70 mln. evro taklif qildi
"Barselona" "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbaga qiziqish bildirishda davom etyapti.
Xabarlarga ko'ra, ispan grandi "keksa sinora" bilan muzokaralarni boshlagan va birinchi taklifni bildirdi:
Kataloniya klubi Pogba uchun 70 mln. evro va 2016 yilning yanvarigacha "Yuventus"da ijara asosida o'ynashni taklif qildi. Aynan shu muddatgacha FIFAning "Barselona"ga nisbatan sankciyalari amalda bo'ladi. Agar ko'k-anorranglilar futbolchi xarid qilsa, o'yinchi tepada ko'rsatilgan muddatgacha kataloniyaliklar safida maydonga tusha olmaydi. Agar "Barselona" sankciyani bekor qila olsa, futbolchi uchun yana 10 mln. evro ko'proq to'lashi mumkin.

Fikrlar