Barselona o'z tarixida 7-marta yilni “Kamp Nou”da mag'lubiyatsiz yakunladi
22 dek 2019 07:30
Yangiliklar
Barselona o'z tarixida 7-marta yilni “Kamp Nou”da mag'lubiyatsiz yakunladi
“Kamp Nou”da kechgan qiziqarli bahsda maydon egalari yirik 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. 2019 yilda “Barselona” o'z maydonida kechgan bahslarda biror marotaba ham mag'lub bo'lmadi, deya xabar bermoqda ispaniyalik statistikachi Aleksis Martin-Tamayo o'zining Tvitterdagi sahifasida. “Kamp Nou”d kechgan 28 ta uchrashuvning 24 tasida kataloniyaliklar g'alaba qozongan bo'lishsa, 4 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati 81-20.
Barselonaliklar bu kabi natijani 7-bor qayd etishmoqda. Bungacha “Barselona” 1957, 1959, 1968, 1974, 1975 va 2011 yillarda ham yilni o'z maydonidagi bellashuvlarda mag'lubiyatsiz yakunlagadi.
Ayni paytda Valverde jamoasi Ispaniya chempionati turnir jadvalida 30 ochko to'plab peshqadamlik qilishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar