"Barselona" o'z himoyachisini Rossiya klubiga ijaraga bermoqchi

Aslanov Jasurbek
7 sen 2021, 11:20
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa himoyachisi Aleks Kolyadoni Rossiya klubiga ijaraga berishi haqida gapirdi.

"U ajoyib yigit. Kolyado Rikardo Puch singari istedodga ega. Bizni "Bryugge" klubiga bermoqchi edik. Biroq mazkur klub uni to'liq sotib olishni istadi. Shunday qilib Kolyado ushbu taklifni rad etdi. Boisi "Barselona"da muvaffaqiyatlarga erishishni istaydi. Biz uning faqat mashg'ulot o'tashini emas, o'yin amaliyotiga ega bo'lishini istaymiz. Hozirda Rossiya va Turkiya chempionatlarida transfer oynasi yopilmagan",- deya Laportaning so'zlarini keltiradi "Marca" nashri. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca