"Barselona" "Oltin butsa" sohibiga qiziqmoqda

Alisher
29 avg 2020, 11:31
"Barselona" forvardlar qidirmoqda.

Hujumchi Luis Suares ushbu transferlar oynasida klubdan ketishga yaqin. "Barselona" esa "Lacio"ning 30 yoshli forvardi Chiro Immobilega qiziqmoqda.

Italiyalik futbolchi o'tgan mavsum A Seriyada 36ta gol urishga erishdi va "Oltin butsa" sohibiga aylandi.

Immobile "Lacio"dan maoshini ko'tarishni so'ragan - ayni damda u yiliga 3 million evro maosh oladi. Ammo Rim klubi o'yinchining so'rovini qondira olmaydi, shunday ekan uning ketishi istisno etilmayapti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS