So’nggi yangiliklar

09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  0 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  4 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  5 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  9 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4

"Barselona" nima uchun 20 yil oldin "Atletiko" bilan o'ynashdan bosh tortgan? Yangiliklar

"Barselona" nima uchun 20 yil oldin "Atletiko" bilan o'ynashdan bosh tortgan?

Klub rahbariyati, bosh murabbiy Lui Van Gal va jamoa sardori Pep Gvardiola federaciyaga qarshi chiqqan.

Ispaniyada 1999/2000 yilgi mavsum "Deportivo"ning chempionligi bilan yakunlandi, Kubokni "Espanol" qo'lga kiritdi. "Barselona" va "Real" Kubokning yarim finalida chiqib ketdi. Masalan, madridliklar "Espanol"ga ikki o'yin hisobida (0:0 va 0:1) yutqazgan bo'lsa, kataloniyaliklarga bir mag'lubiyatning o'zi etarli bo'ldi.

"Barselona"ning yarim finaldagi raqibi "Atletiko" bo'ldi. Birinchi o'yinda "Atletiko" yirik 3:0 hisobida g'alabaga erishdi, "Kamp Nou"dagi javob o'yini arafasida esa "Barselona" bir qancha futbolchilarning xizmatidan foydalana olmaydigan bo'lishdi. O'yin 2000 yilning 24 aprelida bo'lib o'tishi kerak edi va bu terma jamoalarning o'yinlari vaqtiga to'g'ri keldi.

O'sha o'yinda "Barselona" asosiy tarkibning katta qismini tashkil qiladigan 9 nafar gollandiyalik futbolchilarisiz qolgandi. Undan tashqari, jamoada yana bir necha futbolchi jarohat olgandi. Lui van Galning qo'l ostida 2 nafar posbon bilan birgalikda 11 nafar futbolchi qolgandi. Butun bir haftani "Barselona" o'yinni ko'chirish borasida federaciyaga yalinish bilan o'tkazdi. "Qanday qilib bu o'yinni o'ynaymiz? Balki darvozabon Xespni hujumga qo'yishimiz kerakdir?", - dedi "Barsa" prezidenti Xosep Luis Nunes.

Van Gal uchrashuvni 16 may kuniga ko'chirishni taklif qildi, biroq federaciya bunga ko'nmadi. Yakunda barcha tomonlar o'yin belgilangan vaqtda o'tishi borasida kelishib olishdi. Klub muxlislariga uchrashuvga kelmaslikni tavsiya qildi. "Barselona"ning 10 nafar futbolchisi maydon yoniga saflanishdi, hattoki klub madhiyasi ham qo'yib eshittirilmadi. Keyin esa jamoa sardori Pep Gvardiola bosh hakam oldiga bordi va jamoa o'ynashdan bosh tortayotganini aytdi.

Muxlislar esa tribunalarga: "Ispaniya navbatdagi mo'jizakor kechadan qo'rqdi. Federaciya va OAV - korrupciya makoni", deb yozilgan bannerlar ko'tarib kelishdi.

Ushbu voqeadan keyin klub rasmiy bayonot bilan chiqdi: "Barselona" uchrashuvning o'tishiga rozilik bera olmaydi. Hech kim jamoaning holatini tushunmayapti. Bu "Barselona"ning sport, iqtisodiy va ijtimoiy siyosatiga to'g'ri kelmaydi. Biz federaciyaning qaroridan bosh tortamiz va rasmiy musobaqadan chiqib ketishga tayyormiz. Bu ko'zbo'yamachilikda bo'layotgan voqeliklarni o'z bo'ynimizga olmaymiz. Federaciya qo'yayotgan shart bizga bo'layotgan hurmatsizlik va raqibga ochiqdan-ochiq yonbosishga teng deb hisoblaymiz".

"Barselona" o'yindan oldin barchani hurmat qildi. Ispan klubi OAV oldida o'z reputaciyasini saqlab qolishga intildi. Biroq ular sankciyalardan qocha olishmadi: texnik mag'lubiyat, 2 mln peset jarima va navbatdagi mavsumda Kubok o'yinlaridan chetlatish.

Ammo navbatdagi mavsumda federaciya prezidenti Anxel Mariya Vilyar "Barselona" turnirda qatnashishiga ruxsat berdi. Biroq bunda ham kataloniyaliklar yarim finalda turnirni yakunlashdi. Bu safar "Selta" (1:3, 1:1) "Barselona"ga imkoniyat qoldirmadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика