"Barselona" "Napoli" futbolchisiga qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
10 may 2018, 12:17
"Sky Sports"ning ma'lum qilishicha, "Barselona" klubi "Napoli"ning markaziy yarim himoyachisi Jorjinoni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Italiya pasportiga ega braziliyalik oxirgi mavsumda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Shu sabab uni keyingi mavsumda olib qolish neapolliklar uchun oson bo'lmaydi.

"Ko'k-anorranglilar" 26 yoshli o'yinchini Andres Inestaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Kataloniyaliklar transfer uchun nafaqat 40 million evro ajratishlari, balki "Manchester Siti" bilan raqobat ham qilishlari kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports