So’nggi yangiliklar

19:10ЖЧ-2026 саралаши. Сафарда қийинчилик билан уч очко қўлга киритдик  34 18:59ЖЧ-2026 саралаши. Япония сафарда Хитойни ишончли тарзда мағлуб этди  11 18:51Омадимиз келди, Юсуповга эса раҳмат. Ўзбекистон қийинчилик билан КХДРни мағлуб этди  600 17:58ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Эрон: Асосий таркиблар маълум  3 17:35Буффон: "Неймар бешта "Олтин тўп" ютиши керак эди"  8 16:41Левандовски "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:59ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия - Саудия Арабистони. Асосий таркиблар маълум  2 14:50"Милан" "Реал"да ўйин амалиётига эга бўлмаётган вингерга кўз тикди  6 14:23Скамакка 3 ойдан кейин машғулотларга қайтди  0 13:55"Малага"нинг ёш вингери "Реал" ва "Барселона" эътиборига тушди  1 13:31Эшитдик-да! Илҳом Мўминжонов янги мавсумда водийда иш бошлайди   22 13:24"Ливерпуль" "Лион" футболчисини қўлга киритмоқчи   3 13:05Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  10 13:05КХДР билан ўйинлар ёдингиздами?  8 12:44КХДР - Ўзбекистон учрашувини бизга яхши таниш ҳакам бошқаради  9

"Barselona" MYUni yutish orqali nimalarni isbotlaydi? Yangiliklar

"Barselona" MYUni yutish orqali nimalarni isbotlaydi?

"Barselona" La Ligada ustunlik qilmoqda, "Manchester Yunayted"ni yutishgina klub chindan o'ziga tegishli joyga qaytganini ko'rsatadi.

Kataloniya klubi Ispaniya chempionatida eng yaqin taqibchisidan 11 ochko oldinga o'tib ketdi va bu hafta MYUga qarshi bahsda o'zini Evropa sahnasida qaytadan ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'tgan yilning aprel oyida "Barselona" maydonni boshini eggan holda tark etdi, ularning atrofidagi tribunalar oq rangdagi "Ayntraxt" Frankfurt futbolkalari dengiziga aylanib ketgan edi. Taxminan 30 mingga yaqin mehmon jamoa muxlislari "Barsa"ning uy uchrashuvi uchun chipta sotib olishgandi. Ispaniyaning buyuk futbol soborlaridan birining atrofida nemis mehmonlarning shovqin-suronlari eshitildi. 

Bu ham ish berdi, natijada mezbonlar sustlashdi. "Ayntraxt" "Barselona"ni 3:2 hisobida mag'lub etib, Evropa Ligasini yutishi mumkin bo'lgan favoritlardan birini chorak final bosqichidayoq to'xtatdi.

O'sha kuni bazilar Xavining istefosini so'rashdi. Mavsum boshida "Barselona" guruh bosqichida CHempionlar Ligasidan chiqib ketganida, ularning Evropadagi ikkinchi darajali musobaqada zafar quchishlari kutilgandi. SHunda bu kichikroq muvaffaqiyatsizlikdek ko'rinardi va shunday edi ham.

Xavi o'z o'rnida qoldi, lekin "Barsa" yana Evropa Ligasiga qaytdi, avvalgisiga juda o'xshash holatda. Ular yana bir bor CHempionlar Ligasi guruh bahslaridan ayanchli chiqarib yuborildi, kataloniyaliklar o'tmishdagi xatolarini to'g'rilash uchun o'zlarini yana shu erda topishdi.

Bu safar ularning raqibi o'tgan mavsumdagi musobaqada to'qnashgan barcha raqiblaridan kuchliroq. "Ko'k-anorranglilar" Angliyaning formaga kirib borayotgan jamoasi, qayta tiklangan "Manchester Yunayted"ga qarshi kurash olib borishi kerak bo'ladi.

Bu Frankfurtning "Ayntraxt"i  emas, lekin "Barsa" ham avvalgisidan farq qiladi. "Qizil iblislar"ga qarshi ikki o'yindan iborat to'qnashuvda g'olib bo'lish Xavi jamoasini qanchalik oldinlab ketganini namoyish qiladi.

"Har bir o'yin muhim va biz bir necha mavsumdan beri omadsizlikka uchrayotgan Evropadagi o'yinlar bundanda muhimroq. SHubhasiz, bu Evropada raqobatlasha olishimizni ko'rish uchun yaxshi sinov", – dedi Xavi Ernandes o'yin oldidan matbuot anjumanida.

"Barselona" bu yil Evropaning eng yaxshi jamoasi bo'lishga ishonch bilan davo qilishi mumkin. Ular qitada eng kam gol o'tkazib yuborishdi, La Ligada 11 ochko ko'proq jamg'arishgan va mamlakat Superkubogida "Real"ni mag'lub qilganlari uchun allaqachon hisoblarida bitta sovrin bor.

Jamoaning nisbatan yangi azosi Robert Levandovski o'z odatiga ko'ra sermahsul to'purarlik namoyish qilmoqda. Ronald Arauxo Evropaning eng yosh markaziy himoyachilaridan biri sifatida o'z salohiyatini ko'z-ko'z qila boshladi, Frenki de Yong hozir "Manchester Yunayted"da o'ynab yurgan futbolchi bo'lar edi (payshanba kuni uning vaziyati mutlaqo boshqacha bo'lardi), biroq u "Barselona" libosida hayotini yangidan boshlay oldi.

Yuqoridagi o'yinchilarning barchasi yarim himoyadagi kuchlar Gavi va Pedri bilan birga o'zlarining ichki chempionatdagi o'yinlarini nisbatan oson qozona olishdi. Jahon chempionatidan buyon ular keyingi mavsum Evropaga chiqish imkoniyatiga ega bo'lgan barcha boshqa ispan jamoalarini mag'lub etishdi, Xavi klub tarixidagi 47 o'yindan so'ng qo'lga kiritilgan ochkolar bo'yicha ikkinchi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Biroq La Ligadagi har bir g'alaba uchun evrokuboklarda bundan o'n baravar og'riqli zarbalar qabul qilib olindi. "Barsa" uchun bu yil CHempionlar Ligasi guruh bosqichi omadsiz keldi. Ular VAR'ning bazi noto'g'ri qarorlari qurboniga aylangan bo'lishsa-da, jamoa "C" guruhida keyingi bosqich uchun yo'llanma beradigan ikkinchi o'rinda bu bosqichni yakunlagan "Inter"dan uch ochko ortda qolishdi. "Kamp Nou"da "Bavariya" tomonidan 0:3 hisobida mag'lub qilinishi jamoaning ushbu musobaqadagi yurishini to'xtatdi.

SHu tufayli bu uchrashuv juda muhim. "Barselona" bir necha oy oldin o'zini Evropa sahnasida sharmanda qilgan edi. Endi ular o'z obro'sini tiklash va hatto qitada hurmat qozonish imkoniyatiga ega. 

"Barselona" bundan kuchliroq raqib so'ray olmaydi. "Qizil iblislar" Erik ten Hag qo'l ostida qayta tug'ildi, uning jamoasi ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Hammasi jonlantirilgan Markus Reshford bilan boshlandi, u o'zining eng yaxshi holatini qayta kashf qildi va oxirgi 15 ta o'yinda 13 ta to'p kiritdi.

Ammo ten Hag jamoasi faqat Reshforddan iborat emas. Kazemiro o'zining qitadagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri ekanini isbotlamoqda, himoyada esa Lisandro Martines va Rafael Varan qo'rqinchli markaziy himoya juftligini shakllantiryapti.

SHu bilan birga ingliz jamoasida kamchiliklar ham bor: ularda hujumchining yo'qligi va markaziy yarim himoyada Kazemiro bilan birga o'ynash uchun imkoniyatlarning etarli emasligi ko'rinib qolmoqda. SHunday bo'lsa-da, ularning "Barsa" bilan o'yinda qiyinchilikka duch kelishlarini tasavvur qilish qiyin.

Kataloniyaliklar uchun bu o'yindagi g'alaba ko'p narsani anglatadi. Neymar 2017 yilda "ko'k-anorranglilar" safini tark etganidan buyon "Barselona" evrokuboklarda "Real"dan ortda qolib ketmoqda. "Liverpul" va "Roma" chiqarib yuborgan paytlarda barchasi nazorat ostidadek tuyulgan edi, biroq "Ayntraxt"dan uchralgan mag'lubiyat "Barselona"ning qita ierarxiyasida pasayishini ko'rsatdi.

"Barselona" 2015 yildan beri CHempionlar Ligasi finalida ko'rinish bermaydi. Ular 2019 yildan buyon ushbu musobaqaning chorak final bosqichidan o'ta olishmayapti. Qator natijalar klub uchun yarashmaydigan ko'rinishga keldi.

"Real" esa bu vaqt mobaynida Evropani aylanib chiqdi. "Qirollik klubi" so'nggi 10 yilda 5 ta ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Ular amaldagi Evropa CHempionlar Ligasi g'olibi sanaladi. Liganing ayrim takrorlanadigan shakllariga qaramay, ular bu mavsumdagi turnirning 1/16 final bosqichida kurashayotgan "Liverpul"ni yana bir bor mag'lub etish imkoniyatiga yo'q deyishmaydi. SHubhasiz, "Barsa" 2023 yilda Evropa turnirlariga qaytishini musobaqadagi eng qiyin raqib bilan o'yinda nishonlaydi.

Ingliz va ispan muxlislari o'z ligalarining kuchliroq ekani borasida uzoq vaqtdan buyon bahslashishadi. Angliyalik muxlislarning taqidlashlaricha, hatto "Brayton" La Ligada to'rtinchi o'rinni egallagan bo'lardi. Ispaniyaliklarning ishonishicha, "Real" APLning barcha jamoalarini ayovsiz er tishlatadi. 

SHu boisdan "Barsa"ning ichki muvaffaqiyatlari Evropaning boshqa nuqtalarida shubha bilan qarshilanmoqda. Qanday qilib, 18 oy oldin deyarli inqiroz yoqasiga kelgan va o'z kelajagini garovga qo'yadigan darajada yomon boshqariladigan klub La Ligada etakchilik qilishi mumkin? Taxminlarga ko'ra, ularning ustunligi Xavi jamoasining kuchliligiga emas, liganing o'ziga bog'liq emish. 

Taqqoslashning yagona haqiqiy vositasi evrokuboklardir. Oxirgi natijalar esa La Liganing ustunligini taminlamoqda. Bu adolatsiz "barometr", biroq u Evropadagi eng yaxshisi. Endi "Barsa" yana bahsga qaytdi. Ular La Ligadagi eng yaxshi jamoa Angliyaning yorqin o'yin ko'rsatayotgan jamoasidan yaxshiroq ekanini ko'rsatish imkoniga ega. 

Bu o'yindagi g'alabaning ahamiyati Xavi uchun juda ulkan, bu La Liga uchun ham katta ahamiyatga ega. Tarafkashlik qilmagan holda aytish mumkinki, bu fikrlarni o'zgartiruvchi g'alaba bo'lishi mumkin. SHuningdek, bu "Barselona"ning qita sahnasiga qaytishining isboti bo'lishi tabiiy.

"Barselona" La Liga uchun kurashga qaytganini isbotladi. "Manchester Yunayted" ustidan g'alaba qozonish ularning Evropa eng yaxshilari qatoriga qaytish uchun bahsga kirishganini ko'rsatadi.


Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика