"Barselona" muxlislariga noxush xabar! Pike YCHL o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin

Tolibjon Qosimov
5 fev 2018, 16:15
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Chelsi"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin.

Ushbu bellashuv 20 fevral kuni Londonda bo'lib o'tadi. "Mundo Deportivo"ning ma'lum qilishicha, kataloniyaliklar himoyachisi "Espanol"ga qarshi o'yin (1:1)da tizzasidan jarohat olgan. Bugun futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng uning tiklanishiga qancha vaqt kerakligi aniq bo'ladi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, Pike taxminan ikki haftani o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mundodeportivo.com