

Ma'lumotlarga ko'ra, agar tibbiy ko'rikdan so'ng shifokorlarning taxmini o'zini oqlasa, 33 yoshli ispan bir oy maydonga tushmaydi.
Shunday qilib, Inesta LaLiga doirasidagi "Malaga", "Atletik" va "Sevilya"ga qarshi o'yinlar hamda "Chelsi" bilan bo'ladigan Chempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinida ham ishtirok etmaydi.
Bundan tashqari, xavbek Germaniya va Argentina terma jamoalariga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnasha olmaydi.
Inesta bugun tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng, uning jarohati darajasi aniq bo'ladi.



