

Ma'lumotlarga ko'ra, ko'k-anorranglilar himoya chizig'ining yana bir vakili Nelson Semedu ham Kataloniya derbisida shikastlandi.
24 yoshli Semedu bir oy maydonga tusha olmasligi mumkin. Davolanish muddati cho'zilishi ham mumkin.
Himoyachi 24 soat ichida tibbiy ko'rikdan o'tadi va "Barselona" tibbiy shtabi safga qaytish muddatini e'lon qiladi.



