So’nggi yangiliklar

00:55"Челси" ва "Атлетико" Феликс ва Галлахер борасидаги битимга яқин (Рубен Урия)  0 00:30Ла Лига. "Барселона" "Валенсия" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 00:10Роналду клуб миқёсидаги 32та финалдан 10тасини бой берди  2 23:45Туркия Суперлигаси. Алиқулов ва "Ризеспор" "Адана Демирспор" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  6 23:38А Серия. Амалдаги ғолиб "Интер" чемпионатни дуранг билан бошлади, миланликлар 90+6 дақиқадаги гол сабаб ғалабани қўлдан бой беришди  1 23:20Туркия Суперлигаси. Ўзбек дербисида ғолиб номи аниқланди  4 23:16Саудия Арабистони Суперкубоги. Роналду бу сафар ҳам совринни қўлга кирита олмади, "Ал Ҳилол" яна "Ал Насср"ни тор-мор этди  41 22:23Ансу Фати Туркияга йўл олиши мумкин?!  5 21:58Расман: "Милан" Франция терма жамоаси ўйинчисини 25 миллион еврога харид қилди  2 21:01Файзуллаев Россия ва Ўзбекистонни таққослади  12 20:53АПЛ. "Арсенал" чемпионатни осон ғалаба билан бошлади  3 19:45Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  9 19:142022 йилдан бери майдонга тушмаган МЮ собиқ футболчиси 32 ёшида фаолиятини якунлади  4 19:10АПЛ. "Ипсвич" - "Ливерпуль" 0:2, Салахда 1+1  0 18:45Қозоғистон. Иброҳим Ҳалил Йўлдошев жамоаси ғалабага эришди ва жадвалда етакчига айланиб олди  2

"Barselona" mehmondan g'alaba bilan qaytmoqda Yangiliklar

"Barselona" mehmondan g'alaba bilan qaytmoqda

Ispaniya chempionatining 2-turidan o'rin olgan "Vilyarreal" - "Barselona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni saytimiz orqali matnli onlayn tarzida kuzatib borishingiz mumkin.
Ispaniya chempionati, 2-tur.

"Vilyarreal" - "Barselona"
0:1

Gol
: Sandro (82)

"Vilyarreal": Asenxo, Gaspar, Musachchio, Ruiz, Kosta (Paulista, 59), Pina, Kani (Espinoza, 70), Soriano, Jovanni dos Santos, Trigueros, CHerishev (Vietto, 65).

"Barselona": Bravo, Pike, Alba, Alvesh, Mate, Rakitich, Buskets, Rafinya (Xavi, 74), Pedro (Sandro, 70), Messi, Munir (Neymar, 59).

Ogohlantirishlar
: Pedro (38), Alvesh (42).


                                   MATNLI TRANSLYACIYA
                                               YANGILASH


"Barselona" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz! Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol ishqibozlari! Keyingi o'yinlarda "SA"da g'oyibona ko'rishguncha...

O'yin tugadi!


90+2`
"Vilyarreal" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Lekin mezbonlar futbolchi to'pga biroz kech qoldi.

90` Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

* Ha aytgancha, bu o'yin tugaganidan so'ng "qo'shni xona"ga o'tinglar! "Real Sosedad" va "Real" o'rtasidagi bahs bizni kutib turibdi.

89`
"Barselona" futbolchilari to'pni o'zlarida saqlagan holda vaqtni o'tkazishmoqda. 

87`
"Barselona" darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlar tashkil etilmoqda.

86`
"Vilyarreal" endi bor etiborini hujumga qaratishga majbur.

84`
"Barselona" nihoyat o'z niyatiga erishdi. "Vilyarreal" himoyachilari bu safar yordam bera olishmadi. CHarchashdi ular ham...

83` Messining o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini Asenxo bartaraf etdi va bo'sh qolgan darvozaga Sandro to'pni joyladi, 0:1.

82` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SANDRO!

79`
"Barselona" ketma-ket hujumlarni tashkil etmoqda. Lekin hozircha ular o'ylagan reja amalga oshmayapti. Asenxo va "Vilyarreal" jamoasi himoyachilari ishonchli tarzda himoyalanishmoqda.

77`
Dani Alveshning uzatib bergan to'piga Messi zarba berdi. "Vilyarreal" himoyayachilari yana jonbozlik ko'rsatishmoqda. Qoyil!

75`
Rafinya o'rniga Xavi tushdi.

74`
Hozirgina maydonga tushgan Espinoza Bravo darvozasini o'tkir burchakdan ishg'ol etishga yaqin kelgandi...

73` "Vilyarreal"! Hujum, zarba, zarba va yana zarba! Bravo tomoshabin rolida! Omad tufayligina to'p darvozadan o'rin olmay qolmoqda...

72` "Vilyarreal" himoyasi hozircha alo darajada o'ynamoqda!

71`
"Vilyarreal" safida ham o'zgarish ruy berdi. Kani o'rniga Espinoza.

70`
"Barselona" tarkibida o'zgarish. Pedro o'rniga Sandro Ramirez.

69` UHHHHH! "Barselona" hujumi! Alvesh-Messi-Neymar "uchligi"ning tashkil etgan hujumini Ruiz bartaraf etdi.


68` Burchak to'pidan so'ng Messi boshi bilan chiroyli zarba yo'lladi. Lekin noaniq.

67` Messi - Asenxo! Ajoyib ijro va chiroyli "seyv"!


66`
"Vilyarreal" tarkibida o'zgarish. Denis CHerishev o'rniga Vietto tushirildi.

65`
Messining Pike tomon uzatib bergan to'pi kuchli chiqdi.

64`
"Barselona" jarima zarbasi ishlab oldi. 

62`
Burchak to'pidan so'ng Mate hisobni ochishga yaqin kelgandi. Ammo uning yo'llagan zarbasi darvozaga aniq bormadi.

61`
Neymar tushishi bilan jamoasi hujumini rivojlantirishda faollik ko'rsatdi. Lekin mezbonlar himoyachilari bu vaziyatda ishonchli harakat qilishdi.

60`
"Barselona" tarkibida o'zgarish. Munir o'z o'rnini Neymarga bo'shatib bermoqda.

58`
Albaning jarima maydonchasi tomon uzatib bergan to'pi Asenxoning o'ljasiga aylandi.

56`
Rakitich jarima maydonchasi tomon uzatib berilgan to'pga zarba bera olmadi.

55`
Neymar chigalyozdi mashqlarni bajarishga kirishdi. Yaqin orada uni maydonda ko'rsak ajab emas.

53`
"Vilyarreal" ancha faollashdi. "Barselona" esa ikkinchi bo'limda hozircha hech qanday vaziyat yarata olganicha yo'q.

51` Xavfli vaziyat!
"Vilyarreal" ajoyib hujumni tashkil etdi. Triguerosning qanotdan jarima maydonchasi tomon uzatib bergan to'pini Mate qaytaraman deb zx darvozasiga yo'llab qo'yishiga bir bahya qoldi. Darvoza ustuni "Barselona"ni qutqarib qoldi.

50`
Denis CHerishevning qanotdan uzatib bergan to'pini chililik posbon Bravo ushlab oldi.

49`
Har ikkala jamoa futbolchilari ko'p "brak"larga yo'l qo'yishmoqda.

47` "Vilyarreal" futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

46`
Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS! Ozgina dam olamiz, qadrli futbol ishqibozlari...

45`
Dani Alveshning qanotdan etkazib bergan to'piga Pedro zarba berdi. Asenxo o'z o'rnida.

44`
"Barselona" tarkibidan Dani Alvesh eng faol harakat qilmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Aynan uning qanotidan hujumlar tashkil etilmoqda.

43`
Dani Alveshga qarshi qo'pollik ishlatishdi. Ammo hakam negadir braziliyalik himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi. Menga ko'p gapirma deb...

42`
Maydonda harakat qilayotgan 20 futbolchi ikkitagina darvozabonga etarlicha ish topib bera olishmayapti.

40`
Bir paytlar "Real"ning yorqin yulduzi bo'lishi taxmin qilingan Denis CHerishevning o'rinishi zoe ketdi.

39`
Uchrashuv bosh hakami Dani Alveshga tarbiyaviy soat o'tdi.

38`
"Vilyarreal" himoyachilari hozircha o'z ishlarini alo darajada uddalashmoqda. 

37`
Pedro hakam tomonidan ogohlantirildi.

36`
"Vilyarreal"ning hujumi yakuniga etmay qoldi.

35`
"Valensiya"dan kelgan Mate oxiri o'zi hujumga keldi va darvoza tomon zarba yo'lladi. Bu ham foyda keltirmadi.

34`
Dani Alveshning jarima maydonchasi tomon uzatib berayotgan to'plari samarasiz yakunlanmoqda.

32`
"Barselona" ushbu o'yindagi o'zining to'rtinchi burchak zarbasini amalga oshirdi. Lekin bundan ham naf chiqmadi.

31`
"Lacio" "Milan" darvozasiga gol kiritdi. Bizda esa tinchlik.

29` Messi! Asenxo! Messi tomonidan ajoyib ijro! Kichik rikoshetdan so'ng darvozaning yaqin burchagiga kelayotgan to'pni esa Asenxo bartaraf etishni uddasidan chiqdi. Qoyil!

28`
"Barselona" xavfli nuqtadan jarima to'pi tepadi.

*
Ushbu o'yinga tegishli bo'lmagan xabar. "Milan" jamoasi "Lacio" darvozasiga uchinchi golni ham kiritdi. Filippo Inzaginining debyuti omadli chiqadi, shekilli.

26`
"Barselona" ham hujum bilan javob qaytardi. Pedro yaxshigina vaziyatga chiqib borayotganda raqibi uni jarima maydonchasi ichida yiqitib qoldi. Hakam esa o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.

25`
Burchak to'pidan so'ng Ruizda ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Ammo Ruizning tizzalari bilan bergan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. Bu vaziyatda Bravo hech narsa qila olmasdi.

24` VUH! "Vilyarreal"! Ruiz! Sal qolsa o'yinda hisob ochilardi...

23`
Rafinya maydon markazida raqibiga nisbatan qoidani buzdi. 

22`
O'yin tempi yuqori emas. Jamoalar shoshilmasdan harakat qilishmoqda. Aytarli hujumlar ham tashkil etilmayapti. Kurash hozircha maydon markazida kechmoqda.

21`
Har ikkala jamoa bosh murabbiylari o'z shogirdlariga ko'rsatmalar berish bilan bandlar.

20`
Dani Alveshning qanotdan uzatib bergan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

18`
Messi hozircha ko'rinmayapti. Lekin "Vilyarreal" himoyachilari ushbu futbolchini bir zumda bo'lsada ko'zdan qochirmasliklari kerak. Aks holda bu ularga qimmatga tushishi mumkin...

17`
Burchak to'pidan esa mehmonlar samarali tarzda foydalana olishmadi.

16`
Pedro jarima maydonchasi tomoni kirib bordi va darvozaga kuchli zarba yo'lladi. Lekin Asenxo bu vaziyatda o'zini ko'rsata oldi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

15` Xavfli vaziyat! Pedro! Asenxo!

14`
Dani Alveshning qanotdan jarima maydonchasi tomon uzatib bergan to'pini raqib himoyachisi Musachchio boshi bilan bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.

12`
Rafinya raqib futbolchilarini aldab o'tdi va to'pni Rakitichga uzatdi. Xorvatiyalik futbolchining uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi.

11`
O'yin maydon markaziga ko'chdi. Hozircha tashabbus hech bir jamoa qo'lida emas.

9`
Pikening faolligi evaziga "Barselona" raqib hujumini bartaraf etdi.

8`
Marselino Garsiya jamoasi ham jonlandi. Ketma-ket hujumga o'tishga urinib ko'rishmoqda. Ilk burchak to'pini tepish huquqini qo'lga kiritishdi.

6`
"Vilyarreal" hujumga o'tmoqchi bo'ldi. Ammo ularni o'ylagan rejalarini "Barselona" himoyachilari "o'qiy" olishdi.

5`
"Vilyarreal" to'pni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirish niyati yo'q, hozircha. To'p mehmonlarda.

4`
Mehmonlar faollik bilan o'yinni davom ettirishmoqda. Pedroning to'p uzatmasidan so'ng Messi darvozaga zarba berdi. "Vilyarreal" posboni Asenxo bu vaziyatni to'g'ri baholay oldi va to'pni egallab oldi.

3`
Ilk burchak to'pi. Rakitich tomonidan uzatib berilgan to'pga Munir zarba yo'lladi. Noaniq.

2`
Luis Enrike shogirdlari to'pni o'zlarida saqlab turishibdi. Hozircha hujum qilishga shoshilishmayapti.

1` UCHRASHUV BOSHLANDI!
CHiroyli futbol ko'rish ishtiyoqida biz ham o'z ishimizni boshlaymiz. Siz esa "SA"dan uzoqlashmang. Har ikkala jamoalarga omad tilab qolamiz!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Sanoqli soniyalardan so'ng uchrashuvga start beriladi.

Xavi zaxirada qolgan. Neymar asosiy tarkibda emas. Enrikening "yoqimtoyi"ga aylangan Munirdan "Barselona" ishqibozlarining umidlari katta.

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionatining 2-turidan o'rin olgan "Vilyarreal" - "Barselona" o'rtasida kechadigan bellashuvdan reportajimizni boshlaymiz. Ushbu sahifa orqali Siz bilan 90 daqiqa davomida kamina, SHahboz Beg'amov bo'ladi.

Uchrashuv soat 22:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика