"Barselona" Martinesga 10 million evro maosh taklif qiladi
05 apr 2020 00:56
Yangiliklar


"Barselona" Martinesga 10 million evro maosh taklif qiladi
Kataloniyaning "Barselona" klubi anchadan buyon "Inter" hujumchisi Lautaro Martines uchun kurash olib boryapti.
Mashhur italiyalik jurnalist Nikola Skira o'zining "Tvitter"dagi shaxsiy sahifasida yozishicha, "ko'k-anorranglilar" 22 yoshli argentinalik futbolchiga 10 million evro yillik maosh to'lashga tayyor.
Futbolchining shartnomasida tovon puli 111 million evro miqdorida ko'rsatilgan. "Inter" uning transfer bahosini kamaytirish niyatida emas. "Barselona" ham tuzilajak bitimga o'z o'yinchilaridan birortasini qo'shish varianttidan voz kechgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar