"Barselona" "Manchester Siti" futbolchisini nishonga olgan
Tolibjon Qosimov
6 apr 2020, 06:17
"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Jon Stounz "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.
Bu haqda "Goal.com" nashri xabar berdi. Manbaning ma'lum qilishicha, kataloniyaliklar himoyachining transferi uchun 25 million evro to'lashga tayyorlar.
Stounz joriy mavsum 12ta o'yinda maydonga tushgan.