“Barselona” “Man Siti” hujumchisini ijaraga olmoqchi. Kataloniyaliklar dastlabki taklifni yubordi
01 mar 2023 08:15
Yangiliklar
“Barselona” “Man Siti” hujumchisini ijaraga olmoqchi. Kataloniyaliklar dastlabki taklifni yubordi
Bu haqda “Sport.es” xabar bermoqda.
Unga ko'ra, “Barselona” “Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvaresning ijarasi bo'yicha “shaharliklar”ga taklif jo'naydi. Kataloniyaliklar futbolchining “Siti”da kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan foydalanib qolmoqchi.
Alvaresning o'zi esa klub rahbariyatiga ijaraga ketishga tayyorligini aytgani xabar qilinmoqda. Uning manchesterliklar bilan kelishuv 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Argentinalik forvard joriy mavsum “Man Siti” libosida 30 bahsda qatnashib, 10+8 natija qayd etib turibdi.
Fikrlar