"Barselona" koronavirus tufayli 100 mln evro yo'qotdi. Klub 200 mln evro foyda olishni kutgandi
14 iyu 2020 14:44
Yangiliklar
"Barselona" koronavirus tufayli 100 mln evro yo'qotdi. Klub 200 mln evro foyda olishni kutgandi
"Barselona"ning ushbu yil uchun byudjeti 1 milliard 47 million evro tashkil qildi. Koronavirus pandemiyasidan oldin Kataloniya klubi mablag'ni 1,1 milliard evroga qadar olib chiqqan holda, foydaga kirmoqchi edi.
Pandemiya tufayli daromadlar keskin tushdi: do'konlar yopildi, muzey, stadion bo'ylab ekskursiyalar uyushtirilmadi. "Barsa" uchun eng yomon tarafi, jamoa 6ta uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o'tkazdi.
Karantin paytida futbolchilarning maoshlarini 12%ga kamaytirish yo'qotishlarni sal bo'lsa ham yumshatdi. Bundan tashqari, "Barsa" Arturni "Yuventus"ga 80 mln evroga sotdi va Neymarning ishi bo'yicha "Santos" ustidan sudda g'alaba qozondi. Bularning barchasi "Barsa"ga yo'qotishlarni 100 million evroga qadar kamaytirishga imkon berdi.
Qayd etish kerakki, oldinroq "Barselona" rahbariyati 200 million evro miqdorida foyda olishni rejalashtirgan edi.
Fikrlar