"Barselona" kelajakdagi transferlar uchun futbolchilar ro'yxatini tuzdi
16 sen 2023 12:34
Yangiliklar
"Barselona" kelajakdagi transferlar uchun futbolchilar ro'yxatini tuzdi
Kataloniyaliklarda allaqachon tarkibni yanada kuchaytirish uchun imkoniyatlar bor.
"Barselona" kelajakda o'z safiga qo'shib olishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini tuzdi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.
Ro'yxatdan Niko Uilyams ("Atletik"), Gvido Rodriges ("Betis"), Aleks Baena ("Vilyarreal"), Xuan Foyt ("Vilyarreal") va Aymar Oros ("Osasuna") o'rin olgan. Bu futbolchilar Kataloniya klubi skautlari va sport direktori Dekoni qiziqtirib qo'ygan.
Avvalroq "ko'k-anorranglilar" Erling Holandni nishonga olgani xabar qilingandi. Nazariy jihatdan norvegiyalikni 2025 yilda qo'lga kiritish mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar