"Barselona" Kasadoning qancha muddatga safdan chiqqanini malum qildi
18 mar 20:28
Yangiliklar


"Barselona" Kasadoning qancha muddatga safdan chiqqanini malum qildi
Himoyachi kamida ikki oy maydonga tusha olmaydi.
"Barselona" klubi himoyachisi Mark Kasado "Atletiko"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Futbolchi ushbu jarohatdan keyin Ispaniya terma jamoasi qaydnomasidan ham tushib qoldi.
Bugun "Barselona" futbolchi qancha muddatga safdan chiqqanini malum qildi.
"Tibbiy tekshiruvlardan so'ng Mark Kasadoning o'ng oyoq tizza bog'lamlarining qisman uzilishi tashxisi qo'yildi.
Futbolchi kuchaytirilgan muolajani oladi. Uning taxminiy qaytish muddati ikki oyni tashkil qiladi", -deyiladi klub bayonotida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar