"Barselona" "Kamp Nou"da Puyolga atalgan xayrlashuv uchrashuvi o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2014, 14:25
"Barselona" rahbariyati jamoa sobiq himoyachisi va sardori uchun xayrlashuvi o'yini tashkillashtirishga qaror qildi.

Bu haqda klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu ma'lum qildi. Uchrashuv "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi va muxlislar ham o'zlarining sevimli futbolchisi bilan xayrlashish imkoniga ega bo'ladi. Uchrashuv vaqti hozircha aniq emas.

"Puyol bunga munosib. Gap "Barselona"ning buyuk futbolchilaridan biri haqida ketmoqda" - deydi Bartomeu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com