"Barselona" "Kamp Nou"da Kroyffning haykalini o'rnatdi
27 avg 2019 10:30
Yangiliklar
"Barselona" "Kamp Nou"da Kroyffning haykalini o'rnatdi
"Barselona" o'zining uy stadioni bo'lmish "Kamp Nou"da jamoaning sobiq o'yinchisi va murabbiyi sharafiga haykal o'rnatdi.
Haykal balandligi 3,5 metrga teng. Uning muallifi gollandiyalik haykaltarosh Korri Ammerlandir.
"Yoxan Kroyff haykali butun oilamizga g'urur bag'ishlaydi. Bizga bunday imkoniyatni yaratib bergan barchaga rahmat aytib qolamiz.
"Kamp Nou" - bu shunday joyki, u bu erda ko'p vaqtini ham o'yinchi, ham murabbiy sifatida o'tkazgan", - deydi Kroyffning o'g'li Yordi.
"Bu haykal Yoxanni eslab, klub uchun nimalar qilganini eslatib turishi kerak.
Kroyff bizning tariximiz va hissiyotlarimizning bir qismidir", - deydi "Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўзини ўтиш ўйинларида ўйнашга мажбур қилган "Бенфика"ни мағлуб этиб, нимчорак финалга йўлга олди
EЧЛ 1/8 финал жуфтликлари маълум
ЕЧЛ. "Интер" сенсацион тарзда Норвегия клубига ютқазиб мусобақани тарк этди, "Ньюкасл" ва "Байер" 1/8 финалда!
ЖЧ-2026 можароси якунланяпти: Конго ДР ўрнига Нигерия ўйнайди
Fikrlar