Barselona Kamp Nou stadioni nomini o'zgartirishi mumkin
19 iyu 2016 07:55
Yangiliklar
Barselona Kamp Nou stadioni nomini o'zgartirishi mumkin
Barselona rahbariyati Kamp Nou stadionining nomini almashtirish borasida o'ylamoqda.
Kataloniya klubi Qatar Airways bilan hamkorlikni yana davom ettirish doirasida o'yingoh nomini Qatar Airways Kamp Nou deb o'zgartirishlari mumkin.
Hozir Barselonada titul homiy yo'q, sababi Qatar kompaniyasi bilan 30 iyunda shartnoma yakuniga etgan. Kataloniyaliklar yangi homiy qidirishdi (ular orasida Amazon kompaniyasi tilga olindi), biroq agar boshqa homiy topilmasa Qatar Airways bilan hamkorlik davom etishi mumkin.
Fikrlar