"Barselona" himoyachisini transferga qo'ydi
22 iyu 2023 17:08
Yangiliklar
"Barselona" himoyachi Erik Garsiyani transferga qo'ydi, deb xabar berdi AS. Kataloniyaliklar futbolchi uchun 10 million evro talab qilmoqda.
Ispaniyalik futbolchini sotish haqidagi qarorni bosh murabbiy va klub rahbariyati qabul qilgan. "Ko'k-anorranglilar" mavsum oldidan futbolchi bilan xayrlashish niyatida.
Garsiya "Barselona" safida 2021 yildan buyon o'ynaydi. 22 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsum 32 ta o'yin o'tkazib, 1 ta to'p kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Oldinroq "Barselona" "Manchester Siti" sardorini o'z safiga qo'shib olishga yaqin ekani xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar