“Barselona” Grizmanni “Yuventus”ga taklif qilmoqda
04 iyu 2020 00:49
Yangiliklar
“Barselona” Grizmanni “Yuventus”ga taklif qilmoqda
“Barselona” forvardi Antuan Grizmanning klubdagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda.
Kataloniya klubi 29 yoshli francuzni “Yuventus”ga taklif qilayapti, deya xabar bermoqda Rai Sport jurnalisti Paolo Paganini. O'z navbatida “Yuventus” yarim himoyachilari Duglas Kosta va Adrien Rabo kataloniyaliklar qiziqishlari doirasida.
Paganinining yozishicha, “Barselona” Neymarni jamoaga qaytarish uchun PSJga ham franciyalik futbolchini taklif qilgan.
Joriy mavsumda Grizmann “Barselona” safida La Ligada 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar