"Barselona" Grizmanni qachon sotib oladi?

Aslanov Jasurbek
26 mar 2018, 13:22
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Barselona"ga o'tishi borgan sari oydinlashmoqda.

Diario Sport nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi Grizmanni Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatidan oldin xarid qiladi. "Barselona" fransiyalik uchun "Atletiko"ga shartnomada ko'rsatilgan 100 mln. evro emas, undan ko'proq pul o'tkazib beradi. Ko'k-anorranglilar bu yo'l orqali "matraschilar" bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport