"Barselona" Fatining qolishini istaydi
28 mar 2023 19:13
Yangiliklar
"Barselona" Fatining qolishini istaydi
Kataloniya klubi futbolchi Ansu Fati yozdan keyin ham jamoa uchun o'ynashini xohlaydi.
Yosh hujumchi "Kamp Nou"da etibordan chetda qolganidan keyin kelajagi borasida o'ylay boshladi.
Tizzasidan olgan jarohat bilan kurashgan Fatining otasi Bori bilan uchrashuvda klub rahbarlari 20 yosh futbolchining "Barsa"da faoliyatini davom ettirishini istashlarini yana bir bor takidladilar.
Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Ansu ispan klubi bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga ega. Jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandesning hujumchilar borasidagi tanlovida beshinchi bo'lib qolgan futbolchining agenti Ansuning bosh maqsadi "Kamp Nou"da muvaffaqiyat qozonish bo'lsa-da, Premer-ligadan nomzodlarni o'rganib chiqmoqda.
Ingliz klublari orasida "Manchester Yunayted" Fatining holtini kuzatuvga olgan.
Fikrlar