"Barselona" - "Espanol" uchrashuvidan so'ng futbolchilar janjal keltirib chiqarishdi
06 fev 2018 13:39
Yangiliklar
"Barselona" - "Espanol" uchrashuvidan so'ng futbolchilar janjal keltirib chiqarishdi
Yakshanba kuni LaLiganing 22-tur uchrashuvlari doirasida "Espanol" hamda "Barselona" o'rtasidagi Kataloniya debrisi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Bahs oxirida "Espanol" forvardi Serxio Garsiya va "Barselona" himoyachisi Samuel Yumtiti o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Malumotlarga ko'ra, mezbonlar hujumchisi Yumtitini irqchilik ruxidagi so'zlar bilan haqorat qilgan. Bu so'zlardan g'azablangan himoyachi, maydonda u bilan janjallashdi, ammo Xerard Pike franciyalik futbolchini o'zini bosishga chaqirdi. "Sport.es"ning xabar berishicha, ushbu janjal tribunaosti tunnelida ham davom etgan. Bahs bosh hakami Jil Mansano o'zining hisobotida ikki jamoa futbolchilari uchrashuv yakunlanganidan so'ng janjal yushtirganini qayd etgan.
"Barselona" bu borada LaLigaga etiroz bildiradimi, yo'qmi, nomalum.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar