"Barselona" ertaga Depay va Garsiyani ro'yxatdan o'tkazadi, ular ilk turda maydonga tushishi mumkin
13 avg 2021 20:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/652550_original.jpg)
![](/upload/storage/652550_220.jpg)
"Barselona" ertaga Depay va Garsiyani ro'yxatdan o'tkazadi, ular ilk turda maydonga tushishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchi Memfis Depay va himoyachi Erik Garsiyani ro'yxatdan o'tkazish ustida ish olib bormoqda.
Rasmiy ro'yxatga olish jarayoni shanba kuni yakunlanishi kutilmoqda.
Agar hammasi ko'ngildagidek bo'lsa, ikkala futbolchi ham yakshanba kuni klubning "Real Sosedad"ga qarshi mavsumdagi dastlabki o'yinini o'tkazishi mumkin bo'ladi.
Jarohatlangan hujumchi Serxio Aguero hozircha ro'yxatdan o'tkazilmaydi. "Barsa" bu ishni keyinroqqa qoldiradi. La Liga qoidalariga ko'ra, klublar erkin agent sifatida transfer qilingan futbolchilarni zudlik bilan ro'yxatdan o'tkazishlari shart emas.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar