"Barselona" direktori Messining kelajagi haqida gapirdi
05 dek 2020 22:57
Yangiliklar
"Barselona" direktori Messining kelajagi haqida gapirdi
"Barselona" direktori Gilermo Amor jamoa sardori Lionel Messining kelajagi haqida fikr yuritdi.
"Messi "Barselona"ga ko'p narsa berdi, klub esa Messiga. Umid qilamanki, u faoliyatini shu erda yakunlaydi. Leo bu bo'yicha o'zi bir qarorga kelishi lozim. Uning shartnoma muddati tugab bormoqda, ammo biz baribir uni "Barselona" futbolchisi deb hisoblaymiz", – deya Amorning so'zlarini keltirmoqda Marca.

Messining "Barsa" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda argentinalik klubni tark etishga harakat qilgandi.
Messi uchun davogarlar "Manchester Siti" va PSJ sanaladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar