"Barselona" Dani Alvesga yangi shartnoma taklif qilish borasida bir qarorga kelmagan
09 mar 2022 22:09
Yangiliklar
"Barselona" Dani Alvesga yangi shartnoma taklif qilish borasida bir qarorga kelmagan
"Barselona" himoyachi Dani Alvesning kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.
O'tgan haftada klub 38 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2023 yilgacha uzaytirishi haqida xabar berilgandi.
Biroq manbaning yozishicha, ko'k-anorranglilar xo'jayinlari ushbu masalani muhokama qilishni mavsum oxirigacha qoldirishgan.
"Barsa" yozda o'zining o'ng qanot himoyachisini kuchaytirishni rejalashtirmoqda, Sesar Aspilikueta ("CHelsi") va Nussair Mazraui ("Ayaks") kabi o'yinchilar klubning qiziqishlari doirasida turibdi.
Bundan tashqari, Serjino Destning jamoada qolishi ehtimoli bor. SHu sababdan "Barsa"da bu poziciyada o'yinchilar etarlicha bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Alves o'tgan yilning noyabrida "Barselona"ga qaytgandi.
Fikrlar