So’nggi yangiliklar

02:20Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади  0 01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  0 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1 23:35Тэмми Абрахам расман АПЛга қайтди  5 23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  3 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  0 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 21:41Эндрик: "Бу ҳали бошланиши"  0 21:22"Челси" қишдаёқ Стерлинг билан хайрлашишга қарор қилди  0 20:32Пьянич расман фаолиятини якунлади. У Қозоғистон клубига ўтмайди  3 19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  2 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9

"Barselona" - "CHelsi" (prevyu) Yangiliklar

"Barselona" - "CHelsi" (prevyu)

Teglar :  CHelsiBarselona
Bugun tunda "Barselona" hamda "CHelsi" o'rtasidagi CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Londondagi ilk uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan edi. "Kamp Nou"da o'tadigan bahsga oid malumotlarni shu erda bilib olishingiz mumkin.

Qiziq
- Bu ikki jamoa o'rtasidagi CHempionlar ligasining 13ta bahsidan faqat bittasida 0:0 hisobi qayd etilgan
- Messi "CHelsi" darvozasiga birinchi golini joriy yil, Londondagi bahsda urdi
- "Barselona" CHempionlar ligasi pley-off bosqichidagi so'nggi 6ta o'yinning 1tasida g'alabaga erishdi


Taxminiy tarkiblar
"Barselona": Ter SHtegen, Roberto, Pike, Yumtiti, Alba, Paulino, Rakitich, Buskets, Gomesh, Messi, Suares.
Maydonga tusha olmaydi: Denis Suares (jarohat)
So'roq ostida: Andres Inesta


"CHelsi": Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Kexill, Mozes, Fabregas, Kante, Alonso, Villian, Morata, Azar.
Maydonga tusha olmaydi: David Luis (jarohat), Barkli (jarohat)
So'roq ostida: Ryudiger


Uchrashuvni qaerda tomosha qilish mumkin
Match TV, Match TV! Futbol 1, Futbol TV

So'nggi haftadagi o'yini
"Malaga" - "Barselona" 0:2
"CHelsi" - "Kristal Pelas" 2:1

So'nggi oltita o'yindagi natijasi
"Barselona": G'G'DG'DG'
"CHelsi": G'MMDG'G'
(G' - g'alaba, D - durang, M - mag'lubiyat)

Ernesto Valverde ("Barselona" bosh murabbiyi):
Birinchi uchrashuvda "CHelsi"ning kuchini ko'rdik. Ilk bahsdagi natija biz uchun yaxshi, biroq o'z uslubimizda o'ynashda davom etishimiz kerak. "CHelsi" har onda gol urishi mumkin. Ular turli uslublardan foydalanishga usta, Londonda buni guvohi bo'ldik. "Aristokratlar" himoyaga o'tishsa, ularni yorib o'tish juda qiyin. "CHelsi" qarshi hujumda ham kuchli. Biz etiborli bo'lishimiz kerak.


Antonio Konte ("CHelsi" bosh murabbiyi):

Birinchi bahsda haqiqatdan ham yaxshi o'yin ko'rsatdik, dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi deyarli ideal o'ynadik. Ayni damdagi natija "Barselona"ga ustunlik beradi. Ularning uslubini bilamiz va biz bunga qarshilik qilish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak. Hozir biz uchun og'ir damdir, lekin ahil bo'lib, borimizni berishimiz lozim.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика