Barselona Betisga qarshi terakt qurbonlari sharafiga maxsus formada o'ynaydi FOTO
19 avg 2017 07:02
Yangiliklar
Barselona Betisga qarshi terakt qurbonlari sharafiga maxsus formada o'ynaydi FOTO
Barselona Ispaniya chempionatining 1-turidan o'rin olgan Betisga qarshi o'yinda payshanba kuni sodir bo'lgan terakt qurbonlari sharafiga tayyorlangan maxsus futbolkalarda maydonga tushadi.
Futbolchilarning elkasida familiyalar o'rniga Barselona deb yoziladi, ko'krak qismida esa – TotsSomBarcelona (Barchamiz – Barselona) xeshtegi tushiriladi.
Ispaniyada uch kunlik motam elon qilingan, chempionatning dastlabki turidan o'rin olgan barcha o'yinlar bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.
Payshanba kuni Barselona shahri markazidagi La Rambla maydonida yuk mashinasi odamlar
ustiga yurib ketgan. Policiya bu holatni terakt deb baholadi. 100 nafar
inson jarohatlangani aytilmoqda, ulardan 15 nafarining ahvoli og'ir. 13
nafar inson hayotdan ko'z yumgan.
Fikrlar