So’nggi yangiliklar

11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  4 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  30 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3

"Barselona" - "Bavariya": kim chorak finalda to'xtaydi? (Prevyu) Yangiliklar

"Barselona" - "Bavariya": kim chorak finalda to'xtaydi? (Prevyu)

Bugun CHempionlar Ligasining 1/4 finali markaziy uchrashuvi bo'lib o'tadi.

ECHL 1/4 finalining eng yorqin, murosasiz va kutilgan to'qnashuvi. Hech kim to'xtata olmayotgan Robert Levandovski etakchi "Bavariya" futbol dahosi Leo Messi boshliq "Barsa"ga qarshi – titanlar jangi – aynan shuning uchun biz CHempionlar Ligasini yaxshi ko'ramiz .


Jamoalarning musobaqadagi yo'li

Har ikki jamoa kutilganidek o'z guruhlarida birinchi o'rinni begona qilishmadi. Myunxenning "Bavariya"si raqiblarini sezdim demay, 6 o'yinda 6 g'alabaga erishgan bo'lsa, kataloniyaliklar ikki bor (0:0) durang o'ynashga ham ulgurishdi. ULarning biri Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bo'lsa, ikkinchisida, kutilmaganda, Praganing "Slaviya" jamoasiga ochko ulashildi. Takidlab o'tamiz, chexiyaliklar guruh bosqichida ikki ochko jamg'arishdi.

1/8 finalda nemilsar yana ishonchliroq natija qayd etishdi, Lempard shogirdlari bilan – 7:1 (ikki o'yin natijasi). "Ko'k-anorranglilar" avvaliga yana 0:0 hisobida durang o'ynab, yo'llanma taqdirini ikkinchi uchrashuvda hal qilishdi. Gattuzo qo'l ostidagi "Napoli"ga klass etishmadi (4:2).


Muhim jihatlar

"Bavariya" futbolchilari kataloniyaliklardan yoshroq

"Barselona"ning etiborli jihati – etakchilarning yoshi. Xerar Pike, Xordi Alba, Serxio Buskets, Ivan Rakitich, Luis Suares va Leo Messi. Ushbu ro'yxatdagi ajoyib futbolchilarning har biri 30 yoshni "urib qo'ygan". Ha, "Barsa" tarkibida yosh iqtidorlar paydo bo'lmoqda - Puch yoki Fati singari. Ammo asosiy ishni bajaradigan etakchilar baribir 30dan oshganlar bo'lib qolmoqda. 

Germaniyaliklar tarkibidagi vaziyat bundan ancha farq qiladi. Tabiiyki, faxriylar bu erda ham topiladi, lekin "Barsa"dan farqli o'laroq ular poydevor emas, yosh va tezkor futbolchilar bilan yaxshi chiqishayotgan muhim bir element vazifasini bajarmoqda. "Bavariya" tarkibini ancha yoshartirib oldi, "Barselona"ni esa bu ishlar endi kutib turibdi.


Levandovski vs Messi

Ushbu to'qnashuvni alohida tilga olmay o'tib ketib bo'lmasdi. Har ikki futbolchi o'zlari uchun navbatdagi ajoyib mavsumni o'tkazmoqda va klublarining muhim vakillari hisoblanadilar. 

Argentinalik bir o'zi Gattuzo shoigrdlari darvozasiga gollar uyushtirdi, Leo dribling, maqsadga intilish va shunchaki noyob iqtidorini yana bir bor ko'rsatib berdi. Bunday gollarga bir tomondan ko'pchilki o'rganib qolgan va hayratlanishga sababmasdek, lekin ularning har biri "Barselona" sardorining qanday futbolchi ekanligidan zavqlanish imkonini beradi. Hozirgi "Barselona" ayniqsa Leogna bog'liq tarzda kuchli hisoblanadi. 

Polsha termasi hujumchisi faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini o'tkazmoqda. Robertning ajoyib statistikasi: bu mavsum Levandovski o'rtacha har o'yin bittadan ko'proq gol urmoqda! U o'zi ishtirok etgan barcha turnirlarda to'purar bo'ldi. 

ECHL hali yakuniga etmadi, lekin to'pruralar poygasida kimdir unga etib olishidan ko'ra, o'rtadagi farq yanada kattalashishi haqiqatga yaqinroq. Afsus, lekin bu yil "Oltin to'p" sovrinini topshirmaydigan bo'lishdi, aks holda Robert Levandovski sovrin uchun Karim Benzema bilan chinakamiga bahslashgan bo'lardi. Hujumchi uchun ECHLdagi g'alaba ovunchoq bo'ladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Lekin ushbu sovrin uchun kurash hali davom etadi. 


Dembelening uzoq kutilgan qaytishi. Usmon "Bavariya"ga qarshi o'yinda maydonga tushadimi?

Avvalroq "Barselona" qaydnomasida oradan 260 kun o'tib yana Usmon Dembeleni ko'rishimiz mumkin. Oxirgi marta Dembele rasmiy uchrashuvda o'tgan yil noyabr oyida maydonga tushgandi. Kataloniyaliklar shifokorlari vingerning to'liq tayyorligi haqida malumot berishdi. Franciyalik futbolchi bu qadar muhim bellashuvda, bunchalik katta tanaffusdan keyin asosiy tarkibga kiritilishi – katta savol. Lekin 23 yoshli vinger zaxiradan o'yinga qo'shilsa ajab emas. 


"Bavariya" bir o'yinchiga bog'lanib qolmagan 

Myunxenliklarni raqibidan ajratib turuvchi yana bir muhim jihat bu – jamoaviylik yoki boshqa so'zlar bilan aytsak, bir futbolchiga qarab qolmaganligi. Neymar PSJ uchun qanchalik muhimligini kuni-kecha ko'rdik, "Barselona" uchun Messining ahamiyatini futbolga qiziqmaydigan inson ham biladi. Ha, "Bavariya" ham Robert Levandovski bor, aynan u aksariyat hujumlarni yakunlaydi va muhim gollarni uradi, lekin bir nima bo'lib polyak yigiti safdan chiqsa ham "nemis mashinasi" yo'lida to'xtab qolmaydi. Ushbu mexanizmda har bir vakil o'zining vazifalarini yaxshi biladi. Aynan shu jihat "Bavariya"ni nazarimda bugungi o'yin oldidan favoritga aylantiradi. 


O'zaro o'yinlar


Muallif taxmini: Bugun ikki kuchli jamoaning qiziqarli o'yiniga guvoh bo'lamiz deb umid qilaman. Asosiysi hech kim jarohat olmasa va hakam o'yinni buzib qo'ymasa bo'lgani. Keyingi bosqichga kim chiqadi, degan savolga javob beradigan bo'lsam, "Bavariya"ning imkoniyatlari birozgina yuqoriroqdek. Ammo istalgan faktga qarshi - Leo Messi faktori turishi ham ayni haqiqat.

Biroqi ispan grandlari chempionat yakunlangach, biroz noqulay vaziyatda qolishdi. Ular na miriqib dam olishdi, na bo'lajak o'yinga darhol tayyorgarlik ko'ra boshlashdi. Aynan shu jihat, yani jismoniy holat o'yin taqdirini hal qilishi mumkin. Natija va Messining harakatlariga maftun bo'lib sezmay qolgan bo'lishingiz mumkin, lekin "Barselona" avvalgi bosqichda "Napoli" bilan o'yinning ikkinchi taymida ham u qadar zo'r harakat qila olmadi. SHunchaki hozirgi "Napoli" "ko'k-anorranglilar"ni mag'lub eta olishiga ishonmadi. Seten shogirdlari natijadan kelib chiqib shunday o'ynadi deyishga shoshilmang, sababi bugun bizni qaysidir manoda final oldi final o'yini kutib turibdi va shu erda "Barselona" aslida qanday holatda ekanligini ko'rib olamiz.  


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика