"Barselona" Bartomeuni sudga berishi mumkin
18 okt 2021 08:15
Yangiliklar
"Barselona" Bartomeuni sudga berishi mumkin
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klub azolari yig'ilishida sobiq prezident Jozep Bartomeuni sudga berish chorloviga javob qaytardi.
"Bu erda kechirimga o'rin yo'q. Agar siz sudga bersangiz, sizni qo'llab-quvvatlaymiz", - degan "Barsa" klubi azolaridan biri Laportega.
O'z o'rnida Laporte bunga javob qaytargan:
"Menda bu uchun ko'plab sabablar bor (Bartomeuni sudga berishga). Agar biz jinoyat alomatlarini sezsak, kerakli choralarni ko'ramiz. Faqat, agar sudda yutib chiqishimizga to'liq ishonsak, bu ishni amalga oshiramiz.
Biz ushbu harakatlarda sherik bo'lib qolishni istamaymiz. Ammo shu bilan birga avvalgi rahbariyatga nisbatan qattiqqo'l munosabatda ham bo'lmoqchi emasmiz", - dedi Laporta.
Fikrlar