"Barselona" arablardan maksimal ravishda ko'proq pul ishlab olmoqchi
29 iyu 2024 13:14
Yangiliklar
"Barselona" arablardan maksimal ravishda ko'proq pul ishlab olmoqchi
Xabaringiz bor, kataloniyaliklarning bir nechta futbolchisiga arab klublaridan qiziqish mavjud.
Ro'yxatda Robert Levandovski, Ilkay Gyundogan, Rafinya va boshqa nomlarni ko'rish mumkin.
Jumladan, "Mundo Deportivo"ning xabariga ko'ra, braziliyalik vinger Rafinya uchun "Barselona"ga 65 mln evro taklif qilingan. Biroq "Barsa" taklifni qabul qilishga shoshilmayapti va imkon qadar ko'proq pul ishlab olishni maqsad qilgan.
Eslatib o'tamiz, Rafinya o'tgan mavsum "Barselona" safida La Liganing 28 uchrashuvida maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 9 ta golli uzatma etkazib berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar