"Barselona" 23 yoshli futbolchisini tekinga qo'yib yubordi
29 iyu 21:41
Yangiliklar
"Barselona" 23 yoshli futbolchisini tekinga qo'yib yubordi
Serjino Dest ortiq "Barselona"ga tegishli emas.
PSV klubda 2023/24 yilgi mavsum ijara asosida harakat qilgan himoyachi bilan shartnoma imzolanganini elon qildi. Bitim 4 yilga mo'ljallangan.
"Blaugrana" Destning keyingi transferidan tushgan pulning bir qismini olishi mumkin.
ESPN Niderlandiya klubi o'yinchi bilan tekinga shartnoma imzolaganini qayd etdi.
PSVda Destni 11 mln evro evaziga xarid qilish huquqi bor edi, ammo uni AQSH terma jamoasi futbolchisi aprelda jiddiy jarohat olgani sabab faollashtirishni xohlashmadi.
Fikrlar