"Barselona" 19 yoshli de Ligtning transfer qiymatini oshiradi
10 iyu 2019 21:35
Yangiliklar
"Barselona" 19 yoshli de Ligtning transfer qiymatini oshiradi
Kataloniya klubi "Ayaks" sardori Matteys de Ligtni qo'lga kiritish maqsadida yana bir marta urinib ko'radi.
ESPN nashrining malumotiga ko'ra, kataloniyaliklar gollandiyalik himoyachi bilan muzokara o'tkazishga tayyor. "Barselona" futbolchining transfer qiymatini oshirishga tayyor turibdi. Bu qarorga kelish uchun de Ligtga boshqa klublardan bo'layotgan qiziqish sabab bo'lgan.
Ayni paytda Matteysning narxi 70 million evro atrofida baholanmoqda. Uning oshirilgan transfer qiymati hozircha sir tutilmoqda.
Qayd etish kerak, ortda qolgan mavsum de Ligt klub miqyosida 55 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 7 ta gol urib, 4 ta golga assistentlik qildi. Uning "Ayaks" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar