So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Barsa" "Sevilya" bilan Kunde bo'yicha kelishuvga Depayni qo'shmoqchi. Forvard kataloniyaliklarga kerak emas Yangiliklar

"Barsa" "Sevilya" bilan Kunde bo'yicha kelishuvga Depayni qo'shmoqchi. Forvard kataloniyaliklarga kerak emas

"Barselona" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde transferiga hujumchisini ham qo'shmoqchi.

As"ning xabariga ko'ra, Usmon Dembele bilan kelishuv uzaytirilgani, Rafinya Dias sotib olingani va Robert Levandovskining ehtimoliy transferini inobatga olib, Depayga tarkibda joy qolmayapti. Futbolchi klubning bo'lajak mavsum uchun rejasiga kirmaydi.

"Barselona" Memfisni "Sevilya" bilan Jyul Kunde bo'yicha bo'ladigan kelishuvga qo'shishni juda xohlamoqda. Andalusiya klubi bitimga boshqa bir futbolchi ham qo'shilsa, franciyalik himoyachisi uchun talab qilayotgan narxni tushirishga roziligi bildirgandi.

Depayning "Barsa" bilan shartnomasi bir yildan keyin yakuniga etadi. Forvard xizmatlariga qiziqish bo'lsada, u uchun katta summa beradigan xaridor topish qiyin masala.

"Barsa" hujumchining o'ziga ham agar 20 mln evrolik taklif tushsa, qabul qilishini malum qilib ulgurgan. O'z navbatida kataloniyaliklar bunday taklif bo'lishi juda qiyinligini yaxshi bilishadi.

O'tgan mavsum 28 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 37 o'yinda maydonga tushib, 13 gol urdi va 2 marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика