"Barsa" muxlislari uzoq kutgan xabar: Dembele mashg'ulotlarga qaytdi

15 iyul 2020, 00:40
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Usmon Dembele uzoq muddatlik tanaffusdan keyin yana mashg'ulotlarga kirishdi.

23 yoshli futbolchi bugun "ko'k-anorranglilar" bazasida shug'ullangan. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 5 ta uchrashuv o'tkazgan futbolchi fevral oyida o'ng oyog'idagi jarohat sabab operaciya qilingandi.

Eslatib o'tamiz, Dembele so'nggi bor rasmiy o'yinda o'tgan yilning noyabr oyida ishtirok etgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca