"Barsa" muxlislari uchun xushxabar: Ter SHtegen "Real" bilan o'ynashi mumkin
12 okt 2020 19:47
Yangiliklar


"Barsa" muxlislari uchun xushxabar: Ter SHtegen "Real" bilan o'ynashi mumkin
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen jarrohlik amaliyotidan keyin tiklanishda davom etmoqda.
Oldinroq Germaniya terma jamoasi posboni bir necha hafta davomida to'liq mashg'ulotlarni boshlay olmasligi malum qilingan edi.
Sport.es xabariga ko'ra, darvozabonning hozirgi holati tiklanish muddatini qisqartirishi mumkin. Ter SHtegen allaqachon odatiy rejimdagi mashg'ulotlarga qaytgan. U 24 oktyabrda o'tkazilishi kutilayotgan Madridning "Real" klubi bilan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Buning uchun kataloniyaliklar tibbiy shtabining xulosasi ijobiy bo'lishi talab qilinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar