"Barsa" murabbiyining lavozimi oshdi

Aslanov Jasurbek
26 apr 2018, 14:45
UEFA yoshlar ligasida "Barselona" o'smirlari finalda "Chelsi"ni mag'lub etib, turnir g'olibiga aylanishdi.

Ushbu jamoa ustozi Xaver Garsiya Pimienta endi klubning boshqa jamoasini boshqaradi. Pimienta yangi mavsumda Xerard Lopes o'rnini egallaydi va "Barselona B" bosh murabbiyiga aylanadi.

"Barselona B" ayni damda Ispaniyaning ikkinchi darajali ligasi - Segundada ishtirok etmoqda va turnir jadvalida 20-o'rinni (ligada 22ta jamoa ishtirok etadi) egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net