"Barsa" AQSH bo'ylab turnega Umtiti, Breytueyt va Puchni olmadi, de Yong va Pyanich – tarkibda
16 iyu 2022 16:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/708769_original.jpg)
![](/upload/storage/708769_220.jpg)
"Barsa" AQSH bo'ylab turnega Umtiti, Breytueyt va Puchni olmadi, de Yong va Pyanich – tarkibda
"Barselona" AQSHdagi mavsumoldi turnesi uchun tarkibni elon qildi.
28 nafar futbolchi o'rin olgan ro'yxatdan "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgan Frenki de Yong ham joy oldi.
AQSHga shuningdek mashg'ulotlarda Xavini qoyil qoldirgan yarim himoyachi Miralem Pyanich, jamoaning yangi o'yinchilari Rafinya, Andreas Kristensen va Frank Kesse yo'l oldi.
Ro'yxatda darvozabon Neto, himoyachilar Samuel Umtiti va Oskar Mingesa, xavbek Riki Puch va hujumchi Martin Breytueyt yo'q. Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Barsa" ularning imkon qadar klubdan tezroq ketishlarini xohlaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar