"Barsa" 31 avgustgacha Kundeni ro'yxatdan o'tkaza olmasa, futbolchi klubni tekinga tark etishi mumkin
19 avg 2022 23:34
Yangiliklar
"Barsa" 31 avgustgacha Kundeni ro'yxatdan o'tkaza olmasa, futbolchi klubni tekinga tark etishi mumkin
Klubi hali ham Kundeni ro'yxatdan o'tkaza olmadi.
Jyul Kunde "Barselona"ni "Sevilya"dan transfer qilinganidan bir oy o'tib tark etishi mumkin. Gap shundaki, agar "Barselona" 31 avgustgacha Kundeni ro'yxatdan o'tkaza olmasa, futbolchi klubni tekinga tark etishi mumkin. Bu band klub va futbolchi o'rtasidagi shartnomada yozib qo'yilgan.
Ammo "Barselona" bundan xavotir olayotgani yo'q. Klub 31 avgustga qadar futbolchini La Liga ro'yxatidan o'tkazishiga ishonmoqda.
Malumot uchun, "Bareslona" Kundeni shu yozda 50 mln evro evaziga sotib olgandi. Bonuslar bilan bu summa 5-10 mln evroga ortishi mumkin.
Fikrlar