Barella: “Inter”ni birdam jamoa emaslikda ayblaganlarga ko'rsatib qo'ydik”
11 avg 2020 08:53
Yangiliklar


Barella: “Inter”ni birdam jamoa emaslikda ayblaganlarga ko'rsatib qo'ydik”
“Inter” yarim himoyachisi Nikola Barella Evropa Ligasi chorak finalida “Bayer Leverkuzen”ga qarshi bahsdan (2:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Bizni yagona jamoa emaslikda ayblaganlarga “Bayer”ga qarshi o'yin bilan ularning nohaq ekanligini namoyish qildik. Intrigani ertaroq “o'ldirishimiz” mumkin edi. Ammo “Bayer” ham juda yaxshi futbol ko'rsatdi. SHunday ekan oson bo'lmadi. Sabr qilish kerak bo'lgan vaziyatda sabr qildik. Biroq shu bilan birga o'z ishimizni bajaradik”, — deydi Nikola Barella.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar