So’nggi yangiliklar

19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  0 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   2 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0

Barcha birdek etiborda! Yangiliklar

Barcha birdek etiborda!

Teglar :  Bunyodkor
Noyabr oyining ilk kunlarida Sen yolg'iz emassan Respublika jamoatchilik bolalar fondi Bunyodkor futbol klubi bilan hamkorlikda poytaxtimizda joylashgan Mehribonlik uylari o'rtasida turnir o'tkazdi.

«Bunyodkor» akademiyasi maydonlarida bo'lib o'tgan musobaqada poytaxtimizdagi 21, 22, 23, 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoalar, Andijon viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi ishtirok etdi. Sakkiz jamoa ikki guruhda g'oliblik uchun kurash olib bordi. O'z guruhlarida dastlabki ikki o'rinni egallagan Andijon viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi va 22, 23, 30-sonli Mehribonlik uylari jamoalari yarim finalga yo'l olishdi. 

Final yo'llanmasi uchun kurashda raqiblaridan ustun kelgan 22 va 23-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari chempionlik uchun kurashgan bo'lsa, andijonlik bolalar 30-son Mehribonlik uyidan tashrif buyurgan tengqurlari bilan kuch sinashdi. Qiziqarli uchrashuvlardan so'ng andijonlik mehmonlar uchinchi o'rinni o'ziniki qilgan bo'lsa, birinchi o'rin 22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari nasib qildi. 

Mazkur turnirni tashkil qilinishi, o'tkazilishida «Sen yolg'iz emassan» Respublika jamoatchilik bolalar fondining Harbiy-sport guruhlari kordinatori Polixronidi Ilya Petrovich jonbozlik ko'rsatganini takidlash o'rinli.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика