Bangladeshdagi saralash turnirida taym-aut bo'ladi
26 mar 2015 18:15
Yangiliklar


Bangladeshdagi saralash turnirida taym-aut bo'ladi
Xabaringiz bor, ertaga Bangladesh poytaxti Dakka shahrida Qatarda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati saralash o'yinlari start oladi.
Ayni paytda Dakka shahrida kuzatilayotgan namlik ko'plab jamoalarga qiyinchilik tug'diryapti. Bugun bo'lib o'tgan mitingda barcha jamoalarning talabiga ko'ra, inspektor har bir o'yinning 30-daqiqasida bir daqiqalik tanaffus berishni maqulladi.
Malumotlarga tayanadigan bo'lsak, Dakkada o'yin vaqtidagi havo harorati +33 darajani tashkil etadi. Namlik o'ta yuqori, 41/88 foiz atrofida.

Fikrlar